Friday, June 26, 2015

Turmush qurigan insoningizni o'zgartirishingiz Yasribni Madinaga aylantirishga o'xshaydi.

Alloh taolo O'z kitobida bizlarni juft-juft qilib yaratgani haqida xabar berib aytadi: "Va sizlarni juft bilan yaratdik". (Naba surasi 8-oyat)
Biz juftlarimizni qandayligini bilmaymiz to ularni tanimagunimizcha. Bizdagi burch- ular haqida yaxshi gumonda bo'lib, ularga loyiq juft bo'lishga harakat qilib yashashlikdir!
Ularni tanigan paytimizda ular biz uchun Yasrib bo'ladi, biz u bilan yashash davomida uni  odamlar havas qiladigan, tasannolar aytadigan Madinaga aylantiramiz.
Uylanayotgan qizingiz/turmush qurayotgan insoningiz siz uchun Yasrib. Siz uni Madinaga aylantirasiz. Hech kim uchun Madina tayyor turmaydi!
Siz uni insho etasiz, qurasiz. Vaqtingizni, harakatingizni, umidingizni berasiz. Eng avvalo tavakkal qilasiz! Alloh taolo Taloq surasining 4-oyatida: "Kim Allohga taqvo qilsa, U Zot uning ishida osonlik qilib berur" deb aytadi. Yasribni Madinaga aylantirish yo'lida albatta har xil muommolarga duch kelasiz. Siz bunday paytda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam nima qilganlarini bilib u kishi aytganidek qilishga harakat qiling. Chunki; Alloh taolo Azhob surasining 21-oyatida: "(Ey mo'minlar) sizlar uchun Alloh va oxirat kunidan umidvor bo'lgan hamda Allohni ko'p yod qilgan kishilar uchun Allohning payg'ambari (iymon- e'tiqodi va xulqi atvori)da go'zal ibrat bordir" deb aytgan.  Rasululloh sollallohu alayhi vasallam esa; "Sizlarning yaxshilaringiz o'z oilasiga yaxshi muomala qiladiganlaringizdir. Men esa sizlarning orangizdagi o'z oilasiga eng yaxshi muomala qiluvchi kishiman" deganlar. (Abdulloh ibn Amr rodiyallohu anhudan, Ibn Moja rivoyati).
Uylanayotgan qizingiz/turmush qurayotgan insoningiz Yasribga o'xshaydi.  Uni siz yoqtirmagan kamchiliklari, xatolari bo'ladi. U bilan birga yashash davomida uni kamchiliklarini to'ldirasiz, u sizni kamchiliklaringizni to'ldiradi. Siz benuqson ayolni/erkakni orzu qilasiz, lekin Alloh taolo sizlarni bir-birlaringizni to'ldirish uchun yaratgan, birga yashab sizlar bir-biringizni to'ldirasiz.  Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam:"Kim bir yaxshilikka yo'llasa, unga o'sha yaxshi ishni qiluvchining ajricha ajr bordir"deganlar (Imom Muslim, Abu Ma'sud al-Ansoriy rodiyallohu anhudan rivoyat qilgan) Siz uni o'zgarishiga sabab bo'lasiz, u o'zgarganida, uni o'zgargani sizga bu dunyoda ham, oxiratda ham foyda olib keladi. Siz uni yaxshillikka boshlaysiz, yomonlikdan qaytarasiz, unga nisbatan kechirimli, rahmdil bo'lasiz. Unga nisbatan sabrli bo'lasiz. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Albatta g'alaba sabr bilan birgadir,"deb aytganlar." (Imom Muslim, Ibn Abbos rodiyallohu anhudan rivoyat qilgan).  Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Yasribga borib u yerda o'n yil yashab Yasribni Madinaga aylantirgan. Siz bir kunda Yasirbizni Madinaga aylantiraman deb homtama bo'lmang. Mashaqqatlar bilan kelgan narsani qadri baland bo'ladi. Sizni sarf etgan vaqtingiz, say-harakatingiz inshaalloh yaxshi shaklda mukofotlanadi. Alloh taolo aytadi:" Kim biron chiroyli amal qilsa, unga o'n barobar qilib qaytarilur," (An'om surasi, 160-oyat).
Yasribni Madinaga aylantirishingiz keyinchalik farzandlaringiz uchun ham bergan tarbiya, say-harakatingiz bo'ladi, ze'ro bola ota-onadan ko'rib, ulardan o'rnak olib ulg'ayadi!

"Ey Alloh. Rahmatingni ayolim orqali menga va men orqali ayolimga bergin. Bir birimizni yaxshilikda jamlagin," (ibn Mas'ud rivoyati).

Gapim so'nggida Alloh taolodan erkaklarimizni yaxshilardan bo'lishini, ayollarimizni eri unga qaraganda xursand qiluvchi, eri biron ishga buyursa unga itoat qiluvchi ayollardan qilishini so'rab qolaman!
Yasrib-turmush qurishdan avvalgi erkak/ayolning holati. Madina-turmushdan keyin o'zgargan erkak/ayolning holati!

Wednesday, July 16, 2014

AGAR


Alloh taolo bizning katta-kichik gunohlarimizni kechirmaganda edi, JANNAT bo'm-bo'sh bo'lardi.
Shuning uchun ham Rahmonga umid, ishonch bilan gunohlaringgizni mag'firat qilishni so'rang. Siz eshitmaganmisiz, tog' tog' kabi gunohlar bilan Robbisini qarshisiga chiqib Seni rahmatingdan umidvor bo'ldim deganida Alloh uning gunohlarni kechirib jannatga kirgizganini?
Siz eshitmaganmisiz?
99ta odamni o'ldirib keyin gunohlariga tavba qilish umidi bilan bir olimning yoniga borganda u bo'lmaydi Alloh seni kechirmadi 99ta odamni o'ldirding deganida olimni ham o'ldirib 99tani 100qilganini so'ng boshqasiga uchraganda u olim, yaxshi insonlarni oldida bo'l bu yerdan boshqa joyga bor deb aytganida u yaxshi joyga safarga ketayotib vafot etganida, rahmat farishtasi bilan azob farishtasi uni talashganida uni Alloh jannatga moil qilganini habarni bergani?
Siz eshitmaganmisiz?
Sahihul Buhoriyda rivoyat qilinishicha, Payg'ambar alayhis-salom jihod vaqtida asir tushgan kishilar orasida bir ayolni shu asirlarning go'dak-chaqaloklarini emizayotganini ko'rsatib sahobalariga: "Mana shu xotin o'zining bolasidan boshqa chaqaloqlarni ham emizyapti shu ayolga o'z bolangni o'tga tashla deb buyursa, tashlaydimi" deb so'radilar. Sahobalar "Hech qachon, o'zini o'tga tashlasa tashlaydiyu, lekin bolasini o'tga tashlamaydi", dedilar. Shunda Payg'ambarimiz "Alloh taolo ham bandasini o'tga tashlashni istamaydi. Bu onaning o'z bolasiga bo'lgan mehridan ko'ra Allohning siz bilan bizga bo'lgan mehri buyukroq ulug'roq"deganlarni?

Atrofimizda shuday tafakkur qilishimizga arziydigan sabablar ko'pki biz uni yo' ko'rmaymiz yoki mayda-chuda dunyo tashvishlarini g'iriftori bo'lganmiz.
Tafakkur qiling...

 

Tuesday, July 8, 2014

RAMAZON HAQIDA



Alloh haqiqatdan to'g'ri aytgan (hadisi qudusiy) "Odam bolasining barcha amallari o'zi uchun, faqat ro'za Men uchundir. Uning mukofatini ham O'zim beraman" (Muttafaqun alayh)
Eslang, qur'on o'qiymiz bu o'zimiz uchun foyda chunki Abu Hurayra roziyallohu anhu Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladi: "Qiyomat kuni Qur'on keladi va "Ey Robbim, uni (ya'ni Qur'on o'qigan bandani) kiyintirgin!", deydi Bas, unga karomat toji kiydiriladi. So'ngra, "Ey Robbim, unga ziyoda qilgin!",deydi. Bas, unga karomat libosi kiydiriladi. So'ngra (Qur'on): "Ey Robbim, undan rozi bo'lgin!",deydi. Bas, Alloh undan rozi bo'ladi. So'ngra (Qur'on sohibiga): "O'qi va ko'tarilib boraver", deb aytiladi. Bas, Alloh har bir oyat uchun bir hasana (daraja) ziyoda qiladi" (Termiziy, Ibn Xuzayma, Hokim, Bayhaqiy "Shuabul-iymon"da rivoyat qilgan, rivoyat sanadi hasan)
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga ham ko'p savolat aytgan odam shafoat qilinadi deyilgan.
Namoz esa jannatning, inshaalloh uyimizning kaliti.
Zakot esa suv olovni o'chirganidek, jahannam olovini o'chiradigan suvimiz. Siz bularni rasululloh sollallohu alayhi vasallam sahobalarga aytganini, sahobalar esa bizlarga qoldirganini, eshitmaganmisiz, o'qimaganmisiz?
Robbinggizni taning, namoz o'qing, ro'za tuting, qur'on o'qing, zakot bering, hajj qiling, ota-onangizga yaxshilik qiling! Ro'zaga esa alohida nazar bilan qarang! Ro'zani tutyotganda nimani niyat qilishizni eslang! Nimani niyat qilasiz? Albatta Allohning jamolini, oyliy jannatni, Robbimizning bizdan rozi bo'lishligini, gunohlarimizi mag'firat qilishini umid qilib Robbimizga ishongan holda ro'za tutamiz! Bu qanday ham yaxshiya? Bir vazirni podshoh huzuriga chaqirdi. U bir qo'rqar, bir quvonar edi. Biror ayb qildimmikin shungamikin chaqirtirdi? Huzuriga borib nima deyman, nima derkin, degan savollar bilan podshogning yoniga keldi. Yana bir tomoni uni qilgan yaxshiliklarini eslatib uni xursand qiladi, menga hozir bundek desa kerak-a, mukofotlasa kerak-a? Qarang, vazir qanchalik qo'rqmoqda qilib qo'ygan yomon ishlaridan, bir tomondan quvonmoqda. Siz ham shundek holatda borasiz Robbingizni huzuriga, shunday holatda qo'rquvda, quvonchda chiqasiz! Siz nima deb o'ylaysiz? Podshoh chaqirgan vazirga nima bo'ldikin?


Davomi bor Inshaalloh...


Thursday, June 26, 2014

Ayollarning masjidga, ko'chaga chiqishlari to'g'risida.




Ramazon kelyapti, biz ayollar har safar namozlarimizni uyda o'qiymiz. Ramazon oyi taroveh namozini deyarlik hamma masjidda jamoat bo'lib o'qishni xohlasa kerak, to'g'rimi? Unday bo'lsa, birinchi niyatni, keyin ko'rinishni to'g'irlab so'ng masjidga Alloh uchun yo'l oling.
Hofiz ad-Dimyotiy aytadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam vaqtlarida ayollar namozga chiqsalar, kiyimlari, yopinchiqlari bilan o'ranib chiqardilar. G'ira-shirada ularni tanib bo'lmas edi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam namoz o'qib salom bersalar, erkaklarga;"Ayollar ketgunlaricha joylaringda o'tiringlar!", der edilar. Shunday bo'lsa ham rasululloh "Uylarida o'qigan namozlari afzal", deb aytdilar. Namozga chiqar ekansiz, niyatni, ko'rinishni to'g'irlab chiqing. Namozga chiqib ketayapsiz, Allohning uyiga, telivizorga emas to'g'rimi?
Endi bo'yanib, yasan-tusan qilib, "tannoz" bo'lib ko'chaga chiqadigan ayollar xususida nima deysiz?! Oisha raziyallohu anho aytdilar:"Agar rasululloh sollallohu alayhi vasallam ayollarning u kishidan keyin nimalar qilganlarini bilganlarida, ularni masjidga chiqishdan to'sib qo'ygan bo'lar edilar". Bu hadis bizning zamonamizga naqadar yaqin shunday emasmi? Biz ayollar o'zimizning yelkamizdagi yuklarni og'irlashtiraveramiz. Atir sepamiz, aslida atir sepib ko'chaga chiqish mumkin emas. Zino qilishlik bilan barobar deyilgan. Zebu-ziynatlaringgizni yashiring deyilgan, uyda ularni taqmasdan, ko'chaga chiqib ketayotganimizda taqib olamiz. Shuni teskarisini qilishga harakat qiling. Uyda taqing ularni, ko'chaga hech qanday zebu-ziynatli narsalarni taqmasdan chiqing. Tepadagi Oisha raziyallohu anhodan keltirilgan hadis Oisha onamizning o'z davrlaridagi ayollar xususida gapirgan so'zlari edi, u zot bizning zamona ayollarini ko'rganlarida nima der edilar?" Hech shuni o'yladinggizmi? Men o'yladim. Attang aytgan bo'lar edi, oldimizdagi qanchadan qancha hujjatlar tursa ham bularni ko'zi ko'r odamlardek ko'rmay kelayotganimizni ko'rib afsus va nadomatlar chekar edi.
Oqila ayol masjidga chiqmoqchi bo'lsa salaflarning ayollari kabi o'ranib mastura bo'lib chiqish kerak. Sizlar ham shunday holatda masjidga boring, ko'chaga chiqing, o'qish va ishlarga boring sizlarning qayeringgiz kam salaflarning ayollaridan? Ular ham siz kabi bir Allohning bandasi bo'lgan. Agar harakatni davomiy qilsanggiz albatta inshaalloh ko'zlagan maqsadinggizga yetasiz.
Ayolning niyati to'g'ri bo'lsin ya'ni namozni ado qilish uchun va Allohning oyatlarini eshitish uchun boryappan deb niyat qilib olsin. Bu xotirjamlik, viqor va boshqalarnng e'tiborini o'ziga tortmasdan yurishga chaqiradi. Ayol kishiga uydan chiqayotganida xushbo'ylik sepish mumkin emas Nabiy sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Qaysi ayol xushbo'ylik sepsa, biz bilan birga xufton namozga hozir bo'lmasin", Muslim rivoyati.
Hurmatli opa-singillarim, men sizlarni o'zimga ravo ko'rmagan Jahannamning o'chmas olovidan saqlash niyati bilangina bu so'zlarbi aytdim, ko'nglinggizga botgan bo'lsa kechiringlar. Ammo muslima degani ro'molini o'rab olib, birovlar atrofida ko'z-ko'z bo'lish degani emas. Muslimamisiz? Alhamdulillah muslimamiz endi harakat qilsak Mastura ham bo'lamiz shunday emasmi? Hato va kamchiliklari bo'lsa mendan, o'rganganlaringgizni Alloh subhanahu va taollodan biling.



Monday, June 9, 2014

Kechiring Ona...






Onanggizni xafa qildinggiz, qilgan ishinggizdan aslida o'ziz pushaymonsiz. O'ylayapsiz, kechirim so'rasam hozir meni kechirarmikin? Onaku bolasidan xafa bo'lmaydi kechiradi deydi boshinggizni bir qismi, yana biri ona bo'lgani bilan u ham sen kabi insonku deydi. O'ylanib o'tiraverasiz, qanday uzr so'rasam ekan-a?  Sovg'a beraymi, shirin so'z aytaymi, ishlariga qarashaymi? U deysiz, bu deysiz bir soat o'tadi... Onanggizni yoniga tushasiz, o'tirgan bo'ladi biror yumush qilib, uning ko'zlariga qarab o'zinggizdan nafratlanib ketasiz, men shu ayolni xafa qildimaa, shu ayolga jahl qildima? U ayol esa sizga jilmayib turaveradi, holinggizni so'raydi.  Ehhh onammm, onaginamm, sizni xafa qilganimdan qanchalik nadomat chekayotgainmni sezyapsizmi? Meni sizni qanchalik yaxshi ko'rishimni bilasizmi aa ona bilasizmi? Kechirim so'rash uchun oldiga borasiz endi so'z boshlayman deb tayyorlangganizda ichizdan bir his uni "quchoqla" deydi quchoqlaysiz. Ana o'shanda ko'ring undan so'ralgan kechirimni.Ana o'shada his qiling uni sizni qanchalik yaxshi ko'rishini... Bu sizni onanggiz, sizni onanggiz, kech bo'lmasidan oldin qadriga, yeting chunki bergan Alloh, bir kuni bergan narsasini qaytarib ham oladi.


Thursday, April 3, 2014

Yolg'izlatmagin meni Allohim



Zulmatlarda adashib qolsam
Sotsa hatto sevganlarim ham
Gar atrofim to'ldirsa alam
Yolg'izlatma, meni Allohim.

Ishonib bo'lmasa yaqinlarimga
Nazar solib avvalgi vaqtlarimga
Tavakkal qildim Yolg'iz O'zingga
Yolg'izlatmagin, meni Allohim.

Buni demishlar peshona, taqdir
Achchiq bo'lsa ham bu haqiqatdir
Sen O'zing Zotdirsan, har ishga qodir
Yolg'izlatmagin, meni Allohim.

O'zingsan mening suyanchim, borim
Yolg'iz Robbim, buyuk Parvardigorim
U Kunda birgina shu o'tinchim - zorim
Yolg'izlatmagin, meni Allohim...



Wednesday, March 19, 2014

Birinchi muhabbat


    Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:“Men o’zim Xadichani ko’rmagan bo’lsam-da, Rasululloh (s.a.v.)ni ul ayoldan rashk qilganchalik bironta xotinlaridan rashk qilgan emasman. Chunki, ul zot Xadichani ko’p eslab hamda tez-tez qo’y so’yib, go’shtini uning dugonalariga yuborib turar edilar. Men ul zotga: “Siz uchun guyo dunyoda Xadichadan bo’lak ayol yo’qdek!” - dedim. Ul zot: “Darhaqiqat Xadicha (fozila) erdi, (oqila) erdi [6], undan mening farzandim bo’lgan  erdi”, - dedilar”. («Sahih» al-Buxoriy, № 3818).
Oisha roziyallohu anhoning rasululloh solallohu alayhi vasallamni Xadicha roziyallohu anhodan bunchalik rashk qilishi tabiiy. Amr ibn Os roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda aytilishicha, Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan: «Sizga eng suyumli inson kim?» deb so'ralganda «Oisha», deb javob berdilar. «Erkaklardan-chi?», deyilganda «Uning otasi», deb javob berdilar. «Undan keyin-chi?», deb so'ralganda «Umar ibn Xattob», degandilar (Buxoriy: №3662).
 Rasulullohning o'n bitta ayoli bo'lgan ularni ichidan eng suyuklirog'i Oisha roziyallohu anho edi bunga qaramay Oisha roziyallohu anho Xadicha roziyallohu anhodan bunchalik rashk qilishining sababi birinchi marta yuz bergan narsalar tufaylidir.
Rasululloh solallohu alayhi vasallamning o'n bitta ayoli bo'lgan bo'lsa ularning eng birinchisi Xadicha roziyallohu anho bo'ladi. U kishi rasululloh solallohu alayhi vasallamga tanishgan kunidan boshlab to so'nggi nafasigacha hizmat qilib, yordam berib u kishini yonida suyanchiq bo'lib turgan. Albatta rasululloh bunday mehr-muhabbatni birinchi marta onamiz Xadicha roziyallohu anhodan ko'rgan, birinchi marta iliqlik sezgan, ishongan, hayotning bir bo'lagi bo'lgan. Oisha roziyallohu anho eng suyukligi bo'lsa, Xadicha roziyallohu anhoning o'rni baribir bo'lak edi bunga dalil tepadagi hadis va Nurul Yaqindagi "Rasululloh Xadichani ko'p eslar edilar, birinchilar qatori imon keltirgan bu pokiza zotning fazilatlarini chuqur qayg'u va jon o'rtaguvchi anduh bilan yodga olardilar, muslima ayollarga ibrat qilardilar. Sarvari olam Ibrohimdan boshqa bolalarining hammasini Xadichadan topgan edilar," bu so'zlar ikkinchi misol.
Rasululloh solallohu alayhi vasallam uchun ham birinchi marta bo'lgan narsalar edi bular. Qanday qilib unutish mumkin ilk daf'a sodir bo'lgan voqealarni, his-tuyg'ularni?!
Oisha roziyallohu anho bu hadisida aytganidek u kishi vafot etgan ayolni ko'p eslar ekan. Hayot bo'lgan insoni eslamay bo'ladimi?! Hatto insonlarning eng mukallami rasululloh birinchi ayolni bu darajada eslab, ardoqlasa ha siz nima degan gapsiz u kishining oldida?! Sevmarsiz, u bilan yaqin emasdirsiz ammo o'sha ko'ngilning qayeridadir uni eslaysiz, undan xavotir olasiz, vaqti kelsa uni eslab kulasiz, ham yig'laysiz. Birinchi muhabbat mana shunaqa u inson uchun yashamarsiz ammo u inson bilan bo'lmasangiz ham uni hech unutolmaysiz...
    Birinchi muhabbatini unutganlar qanchayu,  ko'nglining tub-tubida yashirib kelganlar qancha?! Birinchi muhabbat shunday narsa uni unutish oson emas. Osongina unutganlar uchun u birinchi muhabbat emas. Birinchi muhabbat avvalo birinchisi, keyingilarga o'xshamas. Birinchi marta boshidan kechirgan, o'y-hayollar, shirin orzular armon bo'lib qolgan bo'lsa ham ular birinchi marta bo'lgani, birinchisi bo'lgani uchun ham birinchi muhabbatni unutish mushkul ish.  Umri davomida o'ziga yaqin bo'lganlarga ishonib, ulardan xavotir olib, ularga bo'lgan his-tuyg'ulari yaqini bo'lgan insonlari uchun edi. Vaqti kelib hayotiga kirib kelgan yetti yot begona insonga bo'lgan ishonch, unga qarshi his-tuyg'ular, qizg'onish, xavotir olishlar birinchi marta begonaga bo'lgani uchun ham birinchi muhabbatni unutish qiyin. Bularning barchasi birinchi marta sezilarli bo'lgan, insonni birinchi marta boshidan kechirgan, o'ziga moyil bo'lolmay tuygan his tuyg'ulari. Shu sabablik ham birinchi muhabbat unutilmaydi!