Thursday, April 3, 2014

Yolg'izlatmagin meni Allohim



Zulmatlarda adashib qolsam
Sotsa hatto sevganlarim ham
Gar atrofim to'ldirsa alam
Yolg'izlatma, meni Allohim.

Ishonib bo'lmasa yaqinlarimga
Nazar solib avvalgi vaqtlarimga
Tavakkal qildim Yolg'iz O'zingga
Yolg'izlatmagin, meni Allohim.

Buni demishlar peshona, taqdir
Achchiq bo'lsa ham bu haqiqatdir
Sen O'zing Zotdirsan, har ishga qodir
Yolg'izlatmagin, meni Allohim.

O'zingsan mening suyanchim, borim
Yolg'iz Robbim, buyuk Parvardigorim
U Kunda birgina shu o'tinchim - zorim
Yolg'izlatmagin, meni Allohim...



No comments:

Post a Comment