Thursday, June 26, 2014

Ayollarning masjidga, ko'chaga chiqishlari to'g'risida.




Ramazon kelyapti, biz ayollar har safar namozlarimizni uyda o'qiymiz. Ramazon oyi taroveh namozini deyarlik hamma masjidda jamoat bo'lib o'qishni xohlasa kerak, to'g'rimi? Unday bo'lsa, birinchi niyatni, keyin ko'rinishni to'g'irlab so'ng masjidga Alloh uchun yo'l oling.
Hofiz ad-Dimyotiy aytadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam vaqtlarida ayollar namozga chiqsalar, kiyimlari, yopinchiqlari bilan o'ranib chiqardilar. G'ira-shirada ularni tanib bo'lmas edi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam namoz o'qib salom bersalar, erkaklarga;"Ayollar ketgunlaricha joylaringda o'tiringlar!", der edilar. Shunday bo'lsa ham rasululloh "Uylarida o'qigan namozlari afzal", deb aytdilar. Namozga chiqar ekansiz, niyatni, ko'rinishni to'g'irlab chiqing. Namozga chiqib ketayapsiz, Allohning uyiga, telivizorga emas to'g'rimi?
Endi bo'yanib, yasan-tusan qilib, "tannoz" bo'lib ko'chaga chiqadigan ayollar xususida nima deysiz?! Oisha raziyallohu anho aytdilar:"Agar rasululloh sollallohu alayhi vasallam ayollarning u kishidan keyin nimalar qilganlarini bilganlarida, ularni masjidga chiqishdan to'sib qo'ygan bo'lar edilar". Bu hadis bizning zamonamizga naqadar yaqin shunday emasmi? Biz ayollar o'zimizning yelkamizdagi yuklarni og'irlashtiraveramiz. Atir sepamiz, aslida atir sepib ko'chaga chiqish mumkin emas. Zino qilishlik bilan barobar deyilgan. Zebu-ziynatlaringgizni yashiring deyilgan, uyda ularni taqmasdan, ko'chaga chiqib ketayotganimizda taqib olamiz. Shuni teskarisini qilishga harakat qiling. Uyda taqing ularni, ko'chaga hech qanday zebu-ziynatli narsalarni taqmasdan chiqing. Tepadagi Oisha raziyallohu anhodan keltirilgan hadis Oisha onamizning o'z davrlaridagi ayollar xususida gapirgan so'zlari edi, u zot bizning zamona ayollarini ko'rganlarida nima der edilar?" Hech shuni o'yladinggizmi? Men o'yladim. Attang aytgan bo'lar edi, oldimizdagi qanchadan qancha hujjatlar tursa ham bularni ko'zi ko'r odamlardek ko'rmay kelayotganimizni ko'rib afsus va nadomatlar chekar edi.
Oqila ayol masjidga chiqmoqchi bo'lsa salaflarning ayollari kabi o'ranib mastura bo'lib chiqish kerak. Sizlar ham shunday holatda masjidga boring, ko'chaga chiqing, o'qish va ishlarga boring sizlarning qayeringgiz kam salaflarning ayollaridan? Ular ham siz kabi bir Allohning bandasi bo'lgan. Agar harakatni davomiy qilsanggiz albatta inshaalloh ko'zlagan maqsadinggizga yetasiz.
Ayolning niyati to'g'ri bo'lsin ya'ni namozni ado qilish uchun va Allohning oyatlarini eshitish uchun boryappan deb niyat qilib olsin. Bu xotirjamlik, viqor va boshqalarnng e'tiborini o'ziga tortmasdan yurishga chaqiradi. Ayol kishiga uydan chiqayotganida xushbo'ylik sepish mumkin emas Nabiy sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Qaysi ayol xushbo'ylik sepsa, biz bilan birga xufton namozga hozir bo'lmasin", Muslim rivoyati.
Hurmatli opa-singillarim, men sizlarni o'zimga ravo ko'rmagan Jahannamning o'chmas olovidan saqlash niyati bilangina bu so'zlarbi aytdim, ko'nglinggizga botgan bo'lsa kechiringlar. Ammo muslima degani ro'molini o'rab olib, birovlar atrofida ko'z-ko'z bo'lish degani emas. Muslimamisiz? Alhamdulillah muslimamiz endi harakat qilsak Mastura ham bo'lamiz shunday emasmi? Hato va kamchiliklari bo'lsa mendan, o'rganganlaringgizni Alloh subhanahu va taollodan biling.



Monday, June 9, 2014

Kechiring Ona...






Onanggizni xafa qildinggiz, qilgan ishinggizdan aslida o'ziz pushaymonsiz. O'ylayapsiz, kechirim so'rasam hozir meni kechirarmikin? Onaku bolasidan xafa bo'lmaydi kechiradi deydi boshinggizni bir qismi, yana biri ona bo'lgani bilan u ham sen kabi insonku deydi. O'ylanib o'tiraverasiz, qanday uzr so'rasam ekan-a?  Sovg'a beraymi, shirin so'z aytaymi, ishlariga qarashaymi? U deysiz, bu deysiz bir soat o'tadi... Onanggizni yoniga tushasiz, o'tirgan bo'ladi biror yumush qilib, uning ko'zlariga qarab o'zinggizdan nafratlanib ketasiz, men shu ayolni xafa qildimaa, shu ayolga jahl qildima? U ayol esa sizga jilmayib turaveradi, holinggizni so'raydi.  Ehhh onammm, onaginamm, sizni xafa qilganimdan qanchalik nadomat chekayotgainmni sezyapsizmi? Meni sizni qanchalik yaxshi ko'rishimni bilasizmi aa ona bilasizmi? Kechirim so'rash uchun oldiga borasiz endi so'z boshlayman deb tayyorlangganizda ichizdan bir his uni "quchoqla" deydi quchoqlaysiz. Ana o'shanda ko'ring undan so'ralgan kechirimni.Ana o'shada his qiling uni sizni qanchalik yaxshi ko'rishini... Bu sizni onanggiz, sizni onanggiz, kech bo'lmasidan oldin qadriga, yeting chunki bergan Alloh, bir kuni bergan narsasini qaytarib ham oladi.